Ozarbayjon kubogi. Umarali Rahmonaliev jamoasi bilan finalga yo'l oldi

23 apr 2026, 07:50
Kecha Ozarbayjon kubogining yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Sabah" o'z uyida "Qorabog'"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:1 hisobida g'alaba qozondi va kubokning finaliga yo'l oldi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida 2:2 hisobidagi natija qayd etilgandi.

Ushbu bahsda Umarali Rahmonaliev asosiy tarkibda maydonga tushdi va bahsning 74-daqiqasida zaxiraga olindi.

Shuningdek, Rahmonaliev jamoasi keying turda Ozarbayjon chempionligini qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun "Sabah" "Karvon" jamoasini mag'lub etishi va "Qorabog'" o'z bahsida g'alaba qozonmasligi lozim bo'ladi.


Manba: championat.asia