Oston O'runov uchun "Ximki"dan boshqa yana bir RPL klubi da'vogarlik qilmoqda

Alisher
1 iyul 2022, 14:27
"SE"ga ma'lum bo'lishicha, "Spartak"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runovning faoliyatini davom ettirishi uchun yana bir variant Moskvaning "Torpedo" klubidir.

Oldinroq, "Chempionat" "qizil-oqlar"ning "Ximki" bilan o'yinchining ijarasi yoki u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolash borasidagi muzokaralari haqida xabar qilgan edi. "Torpedo" ham O'runovning ijara variantini ko'rib chiqmoqda.

To'g'ridan-to'g'ri transferga o'zbekistonlikning yuqori maoshi eng katta qiyinchilik tug'diradi. OAV ma'lumotiga ko'ra, u yiliga 600 ming evro oladi. RPLning hech bir klubi o'yinchini to'liq bunday maosh bilan taminlashni bo'yniga ololmaydi.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru