O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qozog'iston klubini mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
28 fev 2023, 21:25
Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" jamoasi Toshkentda navbatdagi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Qozog'istonning 1-divizioni ishtirokchisi "Ontustik" klubiga qarshi bahs gollarga boy o'tdi. Birinchi bo'limda Elguja Grigalashvili va Kojo Joel "Dinamo"ning ikki goliga mualliflik qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda tarkib o'zgargach, himoyachi Evgeniy Nazarov 3-golga, yarimhimoyachi Javlon Malikov esa dublga erishdi. Chimkentliklar 3ta gol bilan javob qaytarishdi – 5:3.

Shu kuni bosh murabbiy Vadim Abramov jarohati bor o'yinchilardan tashqari, deyarli barcha futbolchilarni maydonga tushirib, sinovdan o'tkazdi.

O'rtoqlik o'yini. Toshkent

"Dinamo" – "Ontustik" (Qozog'iston) – 5:3

Gollar: Elguja Grigalashvili, Kojo Joel, Evgeniy Nazarov, Javlon Malikov 2ta.

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Evgeniy Nazarov, Xurshid Ubaydullaev, Salim Mustafoev, Koike Yuday, Erkin Boydullaev, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Francis Narx, Elguja Grigalashvili, Kojo Joel

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Doston Foteev, Komil Sharofutdinov, Vohid Oqbo'taev, Javlon Malikov, Derrik, Muhammadbobur Asadullaev, Bobur Mamadaminov, Valeriy Akopov, Bahodir Abduvaliev, Bahodir Nasimov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати