Opta superkompyuteri APL chempionligi uchun imkoniyatlarni yangiladi: "Arsenal"ning pasaygan foizlari va "Siti"ning umidi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2026, 23:46
Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 32-turidan so'ng chempionlik uchun asosiy da'vogarlar - "Arsenal" va "Manchester Siti"ning imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

Bu haqda "Opta Analyst" xabar bermoqda.

Hozirgi holatga ko'ra, "Arsenal"ning chempion bo'lish imkoniyati 87,26% deb baholanmoqda. "Manchester Siti"ning g'alaba qozonish ehtimoli esa 12,74% ga teng. Qayd etish joizki, 32-turgacha londonliklarning imkoniyati ancha yuqori - 97,7% edi.

Bunday keskin o'zgarishga 32-tur natijalari sabab bo'ldi. Mikel Arteta shogirdlari kutilmaganda "Bornmut"ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Xosep Gvardiola jamoasi esa safarda "Chelsi"ni tor-mor etdi (3:0).

Ayni damda "Arsenal" 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 64 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, biroq "shaharliklar"da bitta zaxira o'yini mavjud.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi turda ushbu ikki jamoa o'zaro to'qnashuv kelishadi. Chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan ushbu superbahs 19 aprel kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta