OPL. "Sabah" va "Zira" o'rtasidagi o'yinda 4 ta gol urildi, Rahmonaliev to'liq harakat qildi

11 apr 2026, 21:54
Ozarbayjon Premer-ligasi 27-tur doirasidagi "Sabah Baku" - "Zira" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 81-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

O'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

“Sabah Baku” Ozarbayjon chempionatida 27 o'yindan so'ng 66 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 26 o'yinda 56 ochko jamg'argan “Qorabog'” ikkinchi o'rinda ketmoqda.



Manba: championat.asia