Olive Jiru "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin edi

Omonjon To`xtamirzayev
22 dek 2023, 18:10
"Lokomotiv" sobiq prezidenti, hozirda klub direktorlar kengashi a'zosi hisoblangan Valeriy Filatov 2019 yil klub Fransiya termasi hujumchisi Olive Jiruni sotib olishi mumkin bo'lganini esladi.

"Kiknadze bilan bahslashib qolgan vaziyatlarimiz bo'lganmi? Bahs demagan bo'lardim, ammo bir voqeani eslab turaman. Men unga Jiruni sotib olishni maslahat bergandim. 2019 yil u "Chelsi" tarkibida joyini yo'qotib qo'ygandi va francuzni turli klublarga taklif qilishgan.

Narx? Taxminan 10 million evro, maoshi - to'rt million atrofida. O'shanda "Lokomotiv"da pul bor edi. Men shunday degandim: "Vasiliy, agar shunday forvardni sotib olsak, biz bilan hech kim bahslasha olmaydi!".

Kiknadze tavakkal qilmadi. Afsus. Hozir Jiru "Milan"da, 37 yoshda ham gol urishdan to'xtamadi!".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru