Olimpikda porlagan futbolchi Qo'qon-1912ga o'tishi mumkin

Khoja
28 dek 2024, 10:42
Olimpikda porlagan yarim himoyachi Timur Mamasidiqov bir necha kun avval Lokomotiv bilan shartnomasini bekor qilgandi.

 22 yoshli yarim himoyachiga Qo'qon-1912 jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Mamasidiqov yangi mavsumni vodiy jamoasida boshlaydi.

Ma'lumot uchun,futbolchi o'tgan mavsumni jarohat sababli katta qismini o'tkazib yubordi. 22 yoshli yarim himoyachi Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia