O'FF Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi bilan memorandum imzoladi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 10:22
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Chun Mun Guning taklifiga ko'ra Seul shahriga xizmat safari uyushtirib, Janubiy Koreya futboli mutassaddilari bilan uchrashdi.

Seulda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Janubiy Koreya futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyalari o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish borasida ham kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Chun Mun Gu O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasining hamkorlik to'g'risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federatsiyaning turli toifadagi terma jamoalariga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o'quv kurslari, seminar va konferenciyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo'yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.


Oldinroq O'FF BAA hamda Qatar futbol assotsiatsiyalari bilan memorandum imzolagandi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com