"Nyukasl" "Bavariya" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
4 noya 2021, 15:37
Himoyachi Niklas Zyule "Bavariya"ni "Nyukasl"ga almashtirishi mumkin.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, tomonlar muzokara olib borishmoqda. Zyulega "Nyukasl" loyihasi qiziq.

Eslatib o'tamiz, klubning yangi xo'jayinlari bo'lmish saudiyaliklar jamoaga top-o'yinchilarni jalb qilishmoqchi.

26 yoshli Niklas Zyule joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern