Nozim Mullaoxunov "Andijon" bosh murabbiyi

Bugun "Andijon" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Tushlikdan so'ng klub qarorgohida rahbariyat yig'ilish o'tkazdi va jamoaga bosh murabbiy etib Nozim Mullaoxunov tayinlanganini rasman e'lon qildi. Bungacha ushbu 43 yoshli mahalliy mutaxassisni bosh murabbiy Sergey Kovshovga yordam berib kelganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Endilikda jamoa natijalariga Mullaoxunov javob beradigan bo'ldi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Sergey Gennadevich bundan-buyon yana "Andijon" yoshlar jamoasida bilan ishlaydigan bo'ldi. Aytish joizki, Kovshov o'tgan yili ham ma'lum muddat yoshlar jamoasini boshqargandi.  


Manba: championat.asia