Nordtveyt erkin agent sifatida "Vest Xem"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
17 may 2016
Oldinroq klub bilan shartnoma uzaytirmasligini e'lon qilgan Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Xovard Nordtveyt "Vest Xem" futbolchisiga aylanadi.

Norvegiyalik 1 iyul kuni Slaven Bilich jamoasiga erkin agent sifatida qo'shiladi va "bolg'aurarlar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Nordtveyt 2011 yildan beri "Borussiya" safida 187 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com