Tim Xovard faoliyatini yakunladi

Alisher
7 okt 2019
"Kolorado Repidz" darvozaboni Tim Xovard faoliyatini yakunladi.

Oldinroq, 40 yoshli darvozabon mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini yakunlashni xohlayotganini aytgan edi.

Tim faoliyati davomida MYU va "Everton" safida 339ta o'yinda maydonga tushgan. U "qizil iblislar" bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritgan.

Xovard AQSH terma jamoasida 121ta o'yinda maydonga tushgan.

"Oxirgi marta uyda", - deb yozgan Xovard o'zining "Twitter" sahifasida.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TimHowardGK