Nodari Kavtaradze Moskvaga jo'nab ketdi

Omonjon To`xtamirzayev
14 iyul 2023
Jamoamizning gruziyalik legioneri Nodari Kavtaradze Superliganing qoldirilgan 8-turida Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda oyog'idan jarohat olib, safdan chiqqandi.

Oldin xabar berganimizdek, futbolchiga jarrohlik stoliga yotishi zarur va bu amaliyot Moskvada o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Nodari 9 iyul kuni avval Tbilisidan Toshkentga keldi va Moskvaga operaciyadan oldingi tibbiy tekshiruvga yo'l olayotganligi uchun hujjatlashtirish ishlari bilan mashg'ul bo'ldi. 

"Andijon" klub rahbariyati Nodari bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi. Futbolchi kecha kechki payt 19:20 da Toshkent-Moskva yo'nalishida Rossiya poytaxtiga jo'nab ketgan. 

Moskvadagi tibbiy tekshiruvdan so'ng, Kavtaradzening qachon operaciya qilinishi ma'lum bo'ladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia