Uning ikkinchi qismida Vetnam bosh murabbiyi Nguen Van Si va yarim himoyachi Fam Tan Leong ishtirok etishdi.
“Ertaga maydon egalariga qarshi maydonga chiqamiz. O'zbekiston xurmatga loyiq terma jamoa. Biz esa shunchaki emas, jang qilib Vetnamga qaytmoqchimiz”, - deydi Nguen Van Si.
“Biz o'z kuchimizga 200 foiz ishongan holda bu erga keldik va biz ertaga g'alaba qozonamiz”, - deydi Fam Tan Leong.
- Qatar bilan o'rtoqlik o'yini qimmatga tushmadimi? Bazi mamlakatlar uchun bu azob.
- Qatardan Qozog'iston orqali yurtingizga yetib kelganligimizni inobatga olmasa aytarli qiyinchilik bo'lmadi. Biroz toliqqanmiz xolos.
- Ertangi o'yinda yo'qotishlar bormi?
- Ertaga biz eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazishga tayyormiz. Tarkibda hech qanday yo'qotish yo'q. Charchagan holatda kelgan bo'lsakda o'zimizni qo'lga ola bilamiz. Chunki biz milliy terma jamoa sharafini himoya qilamiz.
- O'zbekiston terma jamoa o'yinlarini ko'rib chiqqan bo'lsangizlar eng kuchli va kuchsiz tomonlarini aytsangiz.
- Iordaniya bilan o'yinni ko'rib aytishim mumkinki O'zbekistonning hamma chizig'i kuchli. Bu o'yinlarda O'zbekiston o'yin va sifat borasida ustun bo'ldi faqat omad yetishmadi. Zaif tomonini esa ko'rmadik. Balki biz uni ko'rsatib berarmiz (kuladi).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi OK-2015 saralashi, 3-turidan o'rin olgan uchrashuv 15 oktyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da boshlanadi.