Neymar: "PSJ "Barselona"ning o'tgan yilgi muvaffaqiyatini takrorlashiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018, 14:31
PSJ hujumchisi Neymar "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida uning jamoasi keyingi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qilishiga ishonadi.

"Real"ga qarshi bahsda g'alaba qozonish qiyin, ammo imkonsiz narsaning o'zi yo'q. O'tgan yili biz "Barselona" bilan PSJga qarshi bahsdan oldin bundanda yomonroq holatda edik, biroq Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqa oldik. Bu safar ham shuni takrorlashga umid qilamiz" - deydi Neymar.

"Real" birinchi o'yinda 3:1 hisobida g'alabga erishdi. Parijdagi javob bahsi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo