

Forvard bugun 2013 yilda "Santos"dan "Barselona"ga o'tish chog'idagi korrupsiya ishi bo'yicha sud majlisida gapirdi.
- Avvalgi shartnoma 2015 yilgacha amal qilgan bo'lsa, "Santos" bilan 2014 yilgacha yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarda qatnashganmisiz?
- Bularning barchasini otam qilgan. Men muzokaralarda qatnashmadim. Uning aytganlarini imzoladim.
- "Barselona"dan tashqari boshqa klublardan ham takliflar bo'lganmi?
- Qiziqish borligini bilardim. Lekin "Barselona"ga o'tish orzuim edi. 2013 yilda "Santos"ni tark etib Kataloniyaga kelishga qaror qildim. Men doim yuragimga quloq solaman. "Real"dan taklif kelib tushganini eslayman. Ammo boshqa variantlar esimda yo'q.



