"Neftchi" U-19 to'purarini o'z safiga qo'shib oldi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2024, 07:24
Farg'onaning "Neftchi" klubi yangi transferni e'lon qildi.

O'tgan futbol mavsumida "Mashal" safida to'p surib, o'zining yorqin va hujumkor o'yinlari orqali U-19 birinchiligida 29 gol bilan mavsum to'purari bo'lgan yosh iqtidor egasi Behruz Oblaqulov yangi mavsumni farg'onaliklar safida o'tkazadigan bo'ldi. Jamoa rahbariyati futbolchi bilan 3 yillik shartnoma yuzasidan kelishuvga erishdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/pfcneftchi_uz