

Superliga
8-tur
"Neftchi" – "Nasaf" 2:1 (TUGADI)
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 18:00
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said
Gol: Yovan Jokich 17, 1:0, Bobir Abdixoliqov (Quvonchbek Xushvaqtov) 45+4, 1:1, Jamshid Iskanderov (penalti) 65, 2:1
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov (8. Vladimir Yovovich,60), 10. Jamshid Iskanderov (9. Xurshid G'iyosov,83), 18. Stipe Perica (32. Zoran Marushich, 60), 20. Anvarjon G'ofurov, 22. Alisher Odilov (11. Asilbek Jumaev,74), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Ratino (30. Rustambek Fomin, 83)
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 2. Izzatillo Po'latov, 14. Daler Tuxsanov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev,
"Nasaf": 21. Samandar Muratbaev, 4. Akramjon Komilov (76. Zafar Sadullaev, 86), 5. G'olib G'aybullaev, 6. Sardorbek Bahromov, 7. Adenis Shala ( 23. Dilshod Murtazaev,86), 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Bobir Abdixoliqov (80. Davronbek Usmonov, 69), 15. Oybek Rustamov, 17. Murodbek Rahmatov (27. Yashnarbek Berdirahmonov, 75), 22. Diyorbek Abdunazarov (14. Sharof Muhitdinov,69), 32. Quvonchbek Xushvaqtov.
Zaxira: 82. Asilbek Numonov, 20. Yusuf Otubanjo, 33. Bahodir Halilov, 99. Kingsley Sokari
Ogohlantirish: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (“Neftchi”) 59,
MATNLI TRANSLYATSIYA
Uchrashuv yakunlandi.
90+3. “Nasaf”da juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Zafar Sadullaevning zarbasi noaniq.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
83. O'ZGARISH. “Neftchi”, Iskanderov o'rniga G'iyosov, Ratino o'rniga Fomin tushdi.
83. ZARBA. Jokichning jarima maydonchasi ichida boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi.
75. O'ZGARISH. “Nasaf”, Murod Rahmatov o'rniga Yashnar Berdirahmonov tushdi.
74. O'ZGARISH. “Neftchi”, Alisher Odilov o'rniga Asilbek Jumaev tushdi.
70. “Nasaf” bu golga javob qaytara olarmikan?
65. GOL. Iskanderov 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi, 2:1
63. PENALTI. Iskanderovning uzatmasidan so'ng Yovovich jarima maydonchasi ichida yiqitildi.
60. O'ZGARISH. “Neftchi”, Perica o'rniga Marushich, Abror Ismoilov o'rniga Vladimir Yovovich tushdi.
59. OGOHLANTIRISH. Ibrohimhalil Yo'ldoshev “Nasaf” futbolchisi Abdunazarovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
54. Odilov zo'r kirib bordi, lekin yakuniy nuqtani qo'yadigan futbolchi yetishmadi.
50. ZARBA. “Neftchi” futbolchisi Ratinoning zarbasi noaniq ketdi. Burchak zarbasi amalga oshiriladi.
48. ZARBA. Iskanderovning zarbasini Muratbaev qaytardi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45+4. GOL. “Nasaf” birinchi bo'lim oxirida hisobni tenglashtirdi. Jarima zarbasidan so'ng chiroyli kombinaciyani Bobir Abdixoliqov golga aylantirdi, 1:1
45+2. Abdirahmatov raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borib qiyinchilik bilan zarba yo'lladi.
45. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
40. “Neftchi” chiroyli o'ynashga harakat qilmoqda.
34. ZARBA. Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
32. O'yinda temp ko'tarildi. Shiddat yuqori.
31. ZARBA. “Neftchi” futbolchisining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
28. Botirali Ergashev ketma-ket 2 ta seyv amalga oshirdi. Mehmonlar xavfli hujum tashkil qilgandi.
20. Goldan keyin “Nasaf” ham faollikni oshirdi. Ammo bundan samara chiqara olmadi.
17. GOL. “Neftchi” uchrashuvda hisobni ochdi. Sayfievning uzatmasini Muratbaev urib yubordi, qaytgan to'pni Jokich darvozaga mixlab qo'ydi. Farruh Sayfiev bu yerda katta hajmdagi ishni qilib berdi.
13. Mezbonlardan ketma ket uzatmalar. Yakun yo'q.
12. “Neftchi” “Nasaf” jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratishga urinib ko'rdi. Abror Ismoilovning uzatmasini Zafarmurod maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8. O'yin davom etadi. Gol hisobga olingani yo'q.
7. Nasibullaev VAR bilan gaplashmoqda.
6. GOL. Botirali Ergashevning noto'g'ri chiqib kelishidan so'ng Shala bo'sh darvozani ishg'ol qildi. Lekin hakam golni hisobga olmadi. O'yindan tashqari holat.
3. Ro'ziqul Berdiev diskvalifikaciya sababli o'yinni tribunadan kuzatmoqda. Uning o'rnida Shuhrat Toshpo'latov.
2. “Istiqlol” stadionida maydon maysasi shunchaki ajoyib. To'p yaxshi harakatlanyapti.
1. Ilk daqiqalardan mezbonlar ustunlikni qo'lga olishga intilyapti.
Jamoalar maydonga chiqib keldi. O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.
Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.



