Nedved Allegrining "Yuventus"dagi ishiga baho berdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2021, 21:01
Funkcioner mutaxassisni qo'llab-quvvatlaydi, lekin jamoadan ko'proq narsani kutadi.

"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved jamoaning o'yinini va murabbiy Massimiliano Allegrining ishini baholadi.

"Allegriga vaqt kerak. Unda ustunlik bor, chunki u "Yuventus"ni biladi va jamoadan nima kutish kerakligini tushunadi, biroq u ilgari o'zi bilan birga ishlamagan futbolchilar bilan ham tanishishi kerak. U hali ham ularning mahorati bilan tanishmoqda.

"Sassuolo"ga yutqazishdan oldin to'g'ri yo'lda edik va bitta o'yin o'tgan o'yinlarda ko'rganimizni o'zgartira olmaydi. “Yuventus”ning yana bir muammosi – gol yetishmasligi. Ammo buning sabablari bor edi. Dibala uzoq vaqt maydonga tushmadi, keyin Morata, endi esa Kin. Biz Kezani oldinga qo'ylik,  u ham jabr chekdi. U buni ustida ishlayapti. Men jamoadan yanada ko'prog'ini kutaman", – dedi Nedved.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia