

Keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tgan mazkur bahsda hisob juda erta ochildi – o'yinning 1-daqiqasidayoq mehmonlar vakili Humoyun Murtazoev o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo mezbonlar bunga tezda javob qaytarishdi: 9-daqiqada Islom Kenjaboev muvozanatni tiklagan bo'lsa, 20-daqiqada Shohro'z Norxonov penaltini aniq amalga oshirib, "Qizilqum"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko'p o'tmay, 23-daqiqada "Mashal" legioneri Vladko Stoyanovski yana hisobni tenglashtirishga erishdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlanib borayotgan bir paytda, hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+3-daqiqada Akmal Muzaffarov raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga 3:2 hisobidagi irodali g'alabani keltirdi.
Nazorat bellashuvi
"Qizilqum" 3:2 "Mashal"
Gollar: Islom Kenjaboev 9' (1:1), Shohro'z Norxonov 20' pen. (2:1), Akmal Muzaffarov 90+3' (3:2) - Humoyun Murtazoev 1' (0:1), Vladko Stoyanovskiy 23' (2:2)
"Qizilqum": 1. Farhod Rahmatov, 4. Ilhom Vahobov, 7. Fayzullo Jumanqo'ziev, 8. Shahzod Rahmatullaev, 9. Shahzod Turopov, 10. Islom Kenjaboev (s), 20. Bobomurod Bozorov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 23. Samandar Shukrullaev, 70. Shohro'z Norxonov, 77. Diyor Raxmatilloev.
Zaxira: 99. Humoyunshox Sayyotov, 72. Jahongir Mamatqulov, 2. Kamron Norqulov, 3. Doston Tursunov, 6. Murodali Usmonov, 17. Akmal Muzaffarov, 19. Ilhom Kenjaev, 26. Shoxrux Xalikov, 33. Sherzod Majidov
"Mashal": 1. Azamat Soyibov, 6. Abdulrashid Abubakar, 7. Vladko Stoyanovski, 10. Humoyun Murtazoev, 17. Anvar Murodov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 30. Ilhom Abdug'aniev, 34. Shaxboz Jo'raev, 37. Sherzod Fayziev, 45. Dilshod Pirimqulov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Zaxira: 25. Samandarbek Jo'rabekov, 3. Asan Vaniev, 9. Ibrohim G'anixonov, 13. Nuriddin Nuriddinov, 15. Muhammadali Aliqulov, 28. Ergash Ismoilov, 70. Azizbek Choriev, 80. Augustin Chidi



