"Navbahor": Toshkendagi ikkinchi yig'in boshlandi

2 fev 2016, 23:35
Bugun tushdan keyin Toshkentga yetib borgan jamoamiz a'zolari kechki payt Sergili dahasidagi o'yingohda mashg'ulot o'tkazishdi.

Jamoa tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilgani yo'q. Toshkentda o'tgan oldingi yig'inda qatnashgan himoyachi Botir To'raboev ham Namanganda qolib yoshlar jamoasi bilan shug'ullanib turadigan bo'ldi. Shuningdek, "Bunyodkor"dan jalb etilgan Nodir Mavlonov bugungi mashg'ulotda qatnashmadi. Futbolchini "Obod" safiga qo'shilishi kutilmoqda. "Buxoro"dan chaqirilgan Ravshan Aslanov ham bu safargi yig'inga jalb etilmadi. Jamoamiz a'zolari ertadan kuniga ikki mahaldan shug'ullanishni boshlashadi. Shuningdek, tarkibga yangi futbolchilarni qo'shilishi ham ko'zda tutilgan.


Manba: pfcnavbahor.uz