“Navbahor” rahbariyatida o'zgarish. Boboev ketdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018
Bugun Namangandagi “Markaziy” o'yingoh anjumanlar zalida yig'ilish o'tkazildi.

Unda "Navbahor" PFK rahbariyati va ishchi-xodimlari, "Markaziy" o'yingoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirok etishdi. Yig'ilishni Namangan viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Alisher Fayzullaev olib bordi. Alisher Tursunbaevich o'z so'zida mamlakatimiz, xususan, viloyatimizda sport, shu jumladan, futbolga katta e'tibor qaratilayotganligi,  Namanganning “Navbahor” klubi oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad qo'yilganligini takilab, jamoada transferlar “oynasi” vaqtida yuz bergan o'zgarishlarga to'xtalib, “Navbahor”ning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga yetishiga tilak bildirdi. Shundan so'ng, tashkiliy masala ko'rildi. Unga ko'ra, “Huquqiy Jamiyat” nashriyoti tasischisi, “Mashimpeks” xoldingi vice-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov viloyat futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti etib tayinlandi.

Alisher Fayzullaev Shamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo'lishini tiladi.


So'ngra Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev so'zga chiqib, Shamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo'lishiga tilak bildirdi.
 
Shundan so'ng, Shamshod Ergashovich so'z olib, bildirilgan ishonch uchun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich  Bozarovga minnatdorchilik bildirib, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo'lidan kelgancha mehnat qilishini ta'kidladi.

 
So'ngra, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi yangi vice-prezidenti Shamshod Sarikov “Navbahor” PFK rahbariyati va ishchi – xodimlari, shuningdek, “Markaziy” o'yingoh rahbariyati hamda xodimlari, bundan tashqari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda tashkiliy masala ko'rildi. Unga ko'ra, shu kungacha “Navbahor” PFK direktori vazifasida ishlagan Baxtiyor Boboev o'z arizasiga ko'ra, iste'foga chiqarilganligi ma'lum qilindi.

B.Boboevning o'rniga shu kungacha “Navbahor” PFK direktori birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhomjon Mirzaboev vaqtinchalik “Navbahor” PFK direktori etib tayinlandi.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz