"Navbahor" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
10 fev 2024, 22:19
"Neftchi" sobiq hujumchisi Giorgi Nikabadze "Navbahor"ga o'tdi.

"Gruziyalik tajribali hujumchi Giorgi Nikabadze “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.  

Nikabadze 1991 yil, 10 yanvar kuni Gruziyada tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Litvaning “Banga” (Garjay), Gruziyaning “Guriya” (Lanchxuti), “Kolxeti-1913” (Poti), “Telavi” (Telavi), “Merani” (Tbilisi), “Dinamo” (Batumi), “Samgurali” (Cxaltubo), Maltaning “Gudya Yunayted” jamoalarida o'ynagan.

O'tgan mavsumning 2-davrasini “Neftchi” (Farg'ona) tarkibida o'tkazib, farg'onaliklar safida Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.     

Biz Giorgi Nikabadzega “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.


→ "Neftchi"da o'ynagan futbolchi "Navbahor"ga o'tmoqda




AlisherMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати