"Navbahor": Baxtiyor Ashurmatov o'rnini Rashid G'ofurov egallashi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
29 dek 2015, 15:04
So'nggi kunlarda “Navbahor”da o'zgarish ro'y berganligi haqida turli internet nashrlarida xabarlar berilmoqda.

Garchi bir qator ma'lumotlar berilayotgan bo'lsada, ularning hech biri rasman tasdiqlangan emas.

Klubda va murabbiylar shtabida ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni ro'y berishi haqiqatga yaqin. Hozircha bosh murabbiy masalasi ham hozircha ochiq turibdi. Katta ehtimol bilan Baxtiyor Ashurmatov o'rnini Rashid G'ofurovni egallashi kutilmoqda. Lekin, kutilayotgan o'zgarishlarni hech biri rasman tasdiqlanmagan va bevosita bu haqda klubga xabar qilinmagan.

Shu sababli, “Navbahor” futbol klubining rasmiy sayti bu borada hech qanday bayonot bergani yo'q. Qandaydir o'zgarishlar ro'y bersa va bu rasman o'z tasdig'ini topsagina bu haqda saytimiz orqali xabar beramiz. Shu sababli, muxlislardan bunday holatni to'g'ri tushinishlarini so'rab qolardik.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz