Nasaf bilan OFK kubogini yutgan Ivan Boshkovich Bunyodkorda

Narzulla Saydullayev
5 mar 2020, 19:08
Bunyodkor klubi rahbariyati akademiyada sezilarli o'zgarishlarga qo'l urmoqda.

Xususan, bolalar futboli metodikasida yevropa andozalaridan foydalanish maqsadida, klub rahbariyati xorijlik mutaxassislarni ishga jalb etishni boshlab yubordi.

Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ivan Boshkovich endilikda bolalar futbolida murabbiylik qiladi. 2011-2012 yillarda Qarshining Nasaf jamoasida yorqin o'yinlari bilan ishqibozlar ko'nglidan joy olgan Boshkovich, o'sha mavsumlarda ajdarlar tarkibida 51ta o'yin o'tkazib, 20ta gol kiritgandi. 38 yoshli Ivan Boshkovich futbolchi sifatida oxirgi marotaba 2017 yili Serbiyaning Sutesku klubida o'ynab, butsalarini mixga ilgandi.

Bunyodkor klubi rahbariyati Boshkovichning futbolchilikda to'plagan boy tajribasidan endilikda akademiya tizimida foydalanmoqchi. Boshkovich Bunyodkor akademiyasida 2002-2003 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoani boshqaradigan bo'ldi. Ko'ramiz, chernogoriyalik mutaxassisning o'zbek futboliga qay darajada foydasi tegarkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia