MYU yarim himoyachisi A Seriyaning uchta grandiga taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026, 19:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugarte yozda Italiyaning eng yaxshi klublaridan biriga qo'shilishi mumkin.

Urugvaylik futbolchi "qizil iblislar"ning asosiy tarkibiga deyarli kirmayapti va vaziyatni o'zgartirish haqida o'ylamoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, agent Jorje Mendesh yarim himoyachining xizmatlarini "Yuventus", "Milan" va "Napoli"ga taklif etgan.

Xabar qilinishicha, Turin klubi skautlari 25 yoshli futbolchini yaqinda bo'lib o'tgan xalqaro o'yinda kuzatgan. "Napoli" klubi esa "Yunayted" rahbariyati bilan iliq munosabatlaridan foyda ko'rishi mumkin.

Transfermarkt Manuel Ugartening transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: