MYU asosiy futbolchisi tez orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2025, 19:12
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines jiddiy jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.

Argentinalik futbolchi xochsimon bog'lami uzilgani bois fevral oyidan buyon maydonga tushmayapti. "Mail Sport" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi xalqaro tanaffusdan so'ng to'liq mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. O'tgan haftadan boshlab markaziy himoyachi to'p bilan individual dastur ustida ishlamoqda.

Lisandro Martines 2022 yilning yozida Amstyerdamning "Ayaks" jamoasidan kelib qo'shilganidan buyon "Manchester Yunayted" safida 91 o'yinda maydonga tushdi.U "qizil iblislar" safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mail Sport