Muslin Armaniston termasini boshqarishi mumkin

Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq bosh murabbiyi Slavolyub Muslin Armaniston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlanishi mumkin.

Football 365 ma'lumotlariga ko'ra, 65 yoshli mutaxassis bilan Armaniston futbol federatsiyasi mutaxassislari muzokara olib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rossiyaning “Lokomotiv”, “Amkar”, “Krasnodar” klubilarida faoliyat yuritgan mutaxassisning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining “Al Feyx” klubi bo'lgan va fevral oyida saudiyaliklar bilan xayrlashgan edi.


Manba: Football365