Muhammadali O'rinboev Portugaliyada kichik jarohat oldi, ammo...

Alisher
14 apr 2024, 02:14
Angliyada to'p tepayotgan futbolchimiz bo'yicha yangilik.

Muhammadali O'rinboev hozirda "Brentford B" bilan birgalikda Portugaliyada yig'in o'tkazmoqda.

Qayd etish kerakki, O'rinboev kecha o'yin oldi mashg'ulotida oyog'ini cho'zib olgan va bugungi "Benfika U-23" ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi kerak bo'lgan hamyurtimiz umuman maydonga tushmasligi kutilgandi. Ammo, "Brentford B" ustozi O'rinboevni 72-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shgan va yarim himoyachi bahs so'nggiga qadar harakat qilgan.

O'yin yopiq tarzda o'tkazilgan.


"Benfika U-23" - "Brentford B" 0:1


AlisherMuallif
Manba: championat.asia