Rasman: Muhammadaziz Ibrohimov - "Qizilqum" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
26 dek 2025, 22:55
"Qizilqum" matbuot xizmati Muhammadaziz Ibrohimovning jamoa tarkibiga qo'shib olinganligini ma'lum qildi.

"Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, yakuniga etgan mavsumda G'uzorning Sho'rtan jamoasida to'p tepgan mahoratli yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov endilikda Qizilqum sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Muhammadaziz Ibrohimov o'zbek futbolida tarix yarata olgan Olimpiya terma jamoasida ham 10 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan.

Muhammadaziz Ibrohimov haqida:

Tug'ilgan kuni: 29.03.2001 yil

Tug'ilgan joyi: Andijon

Poziciya: yarim himoyachi

To'p tepgan jamoalari: Olimpik, Metallurg, Dinamo, Sho'rtan


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати