Mourinyo: "Pogba o'zining transfer narxi haqida unutishi kerak"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2016, 10:09
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Pol Pogba nomiga yog'ilayotgan tanqidlarga izoh berdi.

"Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi doimo diqqat markazida, ammo Pogba transfer narxini unutishi kerak. U Fransiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatining finaligacha bordi, keyin tanaffusga chiqib, mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkazib yubordi. O'yinda biroz pasayish borligi normal holat. Unga to'liq ishonaman, chunki u ajoyib yigitligini va tez orada formaga kirishini bilaman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport