Mirror: “Manchester Siti” Maxrezga 75 mln funt to'laydi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2018, 09:27
“Lester” vingeri Riyad Maxrez faoliyatini “Manchester Siti” klubida davom ettirishga juda yaqin turibdi.

“Shaharliklar” jazoirlik 27 yoshli futbolchi uchun 75 million funt sterling to'lashga tayyorlar. “Man Siti” rahbarlari futbolchining agenti bilan qolgan detallar bo'yicha kelishib olsa bo'lgani.

Shuningdek, “Lester” “Manchester Siti” bilan yana bir vinger Patrik Robertsning transferi bo'yicha ham muzokara olib boryapti. Bu futbolchi oxirgi uch mavsumni ijara asosida “Seltik”da o'tkazdi. 

Bundan tashqari, “Man Siti” “Napoli” xavbeki Jorjinoga 40 mln funt sterling taklif qildi. Neapol klubi esa o'z futbolchisi uchun 60 mln so'rayapti.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: