Miroslav Kloze: "Myuller rekordini takrorlaganimdan faxrlanaman"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2013, 13:50
Germaniya hujumchisi Miroslav Kloze milliy terma jamoada gol urish bo'yicha rekordchi Gerd Myullerning rekordini (68) takrorlaganidan faxrlanishini ma'lum qildi.
– Albatta Gerd Myullerning rekordini takrorlaganimdan faxrlanaman. Biroq bizning natijalarimizni taqqoslash kerak emas, boisi Myuller Germaniya terma jamoasi safda kam o'yin o'tkazgan. Ammo baribir shunday buyuk futbolchi bilan bir qatorda bo'lish sharaf, - deydi Kloze VVS ga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net