Milliy sport mukofoti-2024. Abduqodir Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi!

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024, 15:57
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Milliy sport mukofoti-2024" taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Dastavval, joriy yil kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shundan so'ng 2024 yil davomida o'zbek sportida qayd etilgan eng muhim sport tadbirlariga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

Shundan so'ng turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni taqdirlash boshlandi.

O'zbekiston terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh sportchisi sifatida etirof etildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia