"Milan" Korreaga qiziqishini tikladi

19 apr 2020, 23:51
"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea yozgi transfer mavsumida Madridni tark etishi mumkin.

O'tgan yozda 24 yoshli argentinalik futbolchining "Milan"ga transferi amalga oshmagandi. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "rossonerilar" Korreani xarid qilish uchun yana bir bor harakat qilib ko'radi.

Korreaning etimoliy transfer qiymati 50 million evroni tashkil qiladi. U joriy mavsum La Liganing 22 o'yinida maydonga tushdi (5 gol, 6ta golli uzatma).


Manba: La Gazzetta dello Sport