Metyu Rayan Avstraliyadagi yong'inni bartaraf etish uchun pul ajratadi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2020, 19:13
"Brayton" kiperi Mettyu Rayan o'rmon yong'inlaridan aziyat chekayotgan vatani Avstraliyaga yordam puli ajratadi.

Posbon APLning 22-turi doirasida o'tkaziladigan bahsda ko'rsatadigan har bir seyvi uchun 500 Avstraliya dollardan (344 dollar) mablag' ajratadi. Bu haqda futbolchi o'zining tvitterida ma'lum qildi.

Qayd etish kerak, "Brayton" yaqinlashib kelayotgan turda "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/matthewryan101