Mesut Ozil endi "Arsenal"da yangi raqamda o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 18:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil futbolkasidagi raqamini almashtirdi.

Avval 11-raqamda to'p tepgan germaniyalik futbolchi yangi mavsumdan boshlab 10-raqamli futbolkada o'ynaydi. So'nggi bir necha mavsum 10-raqam Jek Uilshirga tegishli edi. Uilshir joriy yozda "to'pchilar" safini tark etdi va faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettiradi.

"10 - shunchaki raqam emas. U ko'p narsani anglatadi" - deb yozdi Ozil "Tvitter"dagi sahifasida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal