

"Biz uchrashuvni ajoyib boshladik. Raqibga hurmat bildiraman - juda yaxshi jamoa. Ular tanaffusga qadar yaxshi o'ynadi, shuning uchun ikkinchi taymda biz tuzatishlar kiritdik.
O'yin oxirida ularda bir necha imkoniyat bo'ldi, lekin menimcha, bugun bizning o'yinchilarimizning ruhi, harakati va birligi fantastik edi. Hozir mavsumning shunday pallasiki, natija muhim va biz bu davrda maksimal ochko to'plashimiz kerak.
Bizni oldinda qiyin yakuniy bosqich kutmoqda, qiyin ligada. Biz ko'p g'alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. Bugun uch ochko olish muhim edi. Bu yana bir g'alaba. Oldinda muhim o'yin, uni intizorlik bilan kutmoqdamiz", - dedi murabbiy Sky Sports'ga bergan intervyusida.



