"Mashal" va "Qo'qon-1912" sobiq futbolchisi halok bo'ldi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2026, 13:03
Hujumchi Sergey Petrov 28 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

Faoliyatini Ukraining "Volin" jamoasida boshlagan, Ukraina U-21 terma jamoasida bir nechta o'yinda maydonga tushgan, shuningdek, 2023, 2024 yillarda "Mashal" va "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Sergey Petrov vafot etdi.

O'tgan yili faoliyatini yakunlagan futbolchi yozda Rossiya - Ukraina urushiga yo'l olib, Pokrovskoeda nobud bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia