"Mashal" bir nechta futbolchilar bilan xayrlashdi

Iskandarov Abdulaziz
24 yanv 2025, 07:30
Muboraklilar tarkibi yangi mavsum oldidan yangilanmoqda.

Klub matbuot xizmati Otajon Niyozmetov, Maykl Babatunde, Rustam Abduhamidov, Muhammad Yuldashev, Nurmuhammad Toshpo'latov, Asiljon Begimqulov, Jasur Azimov bilan xayrlashganini e'lon qildi. Ushbu futbolchilar 2025 yilni boshqa jamoada o'tkazishadi. Xususan, Jasur Azimov, Rustam Abduhamidov ayni paytda "Xorazm" yig'inida qatnashayotganini aytishimiz mumkin. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia