Martino "Barselona"da baxtli emas

Tolibjon Qosimov
19 dek 2013
Argentinalik mashxur jurnalist Fabian Godoy "Barselona" ustozi Xerardo Martino Kataloniya klubini tark etmoqchi ekanini ma'lum qildi.
"Martino yaqinlariga Barselonada baxtli emasligini va mavsum tugagach klubdan ketmoqchi ekanini aytdi", - deydi Godoy.
 
Xerardoga Xosep Gvardiolaning oldingi jamoasi bilan taqqoslayverish bosim olib kelmoqda.
 
Bir necha kun oldin Martino jurnalistlarga "Barselona"da almashtirib bo'lmas odam yo'qligini bu murabbiylarga ham tegishli ekanini aytgandi".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru