Marselo: “Real” kechagi o'yinni unutishi kerak”

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2018
Madridning “Real” klubi yetakchilaridan biri Marselo “Atletik”ka qarshi kechgan o'yin haqida fikr bildirdi.

Bilbaodagi “San-Mames” stadionida kechgan kechagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.  

“Biz bu o'yinni zudlik bilan unutishimiz kerak. Ha, “Real” g'alabaga yaqin edi. Raqibga qaraganda ko'proq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Lekin imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Ronaldu? Yo'q, muxlislar Raul, Zidanni ham ko'p eslashadi”, - dedi Marselo Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Ispaniya chempionatining 4-turidan so'ng "Qirollik klubi" 10 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Barselona" hisobida 12 ochko bor. 



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: