"Marsel" "Aston Villa"dan sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Alisher
26 apr 2022, 18:47
"Marsel" "Aston Villa"dan yarim himoyachi Morgan Sansonni jamoaga qaytarmoqchi.

Angliya klubi agar yaxshi taklif kelib tushsa, 27 yoshli o'yinchining o'tishiga qarshilik ko'rsatmaydi.

Sanson "Villa"ga 2021 yilning yanvarida "Marsel"dan o'tgan edi. Fransiyalik futbolchining shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi joriy mavsum "Aston Villa" tarkibida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushdi. Sanson atigi 4 marta jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider