Marokash terma jamoasi darvozaboni: "Braziliyani mag'lub etish uchun borimizni beramiz"

Абдулвосит Бектемиров
26 sen 2024, 23:50
Jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Eron - Marokash uchrashuvidan so'ng Marokash darvozaboni Yusuf Bensalam o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Juda qiyin uchrashuv o'tkazdik. O'yin bunday kechishini oldindan bilar edik, sababi Eron amaldagi Osiyo chempioni. Biz o'z rejamizga tayangan holda o'ynadik. Birinchi bo'limda gol o'tkazib yubordik, ammo keyinchalik 4ta gol bilan javob qaytardik. Tanaffusdan so'ng Eron tezkor gollar urdi, ammo biz barchasini engib o'tdik. Yaratganga ishonganimiz bunga asosiy sabab. Braziliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ham o'zimizga ishonishda davom etamiz. Endi Braziliyani mag'lub etish uchun borimizni beramiz" - deya fikr bildirdi Yusuf Bensalam.



Eron so'nggi soniyalarda penaltidan foydalana olmadi va musobaqani tark etdi. Marokash chorak finalda

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia