Markos Alonso Ispaniyaga qaytishni xohlaydi

Alisher
8 iyun 2022, 16:04
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso Ispaniya chempionatiga qaytish xohishini bildirdi.

"Ispaniyaga qaytishni xohlashimni aytganman, ammo barchasi menga bog'liq emas. Vatanimda yana o'ynash xohishim bor", - deydi Alonso.

Alonso 2021/22 yilgi mavsum "Chelsi" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.

31 yoshli ispan "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. May so'nggida unga "Barselona" tomonidan qiziqish borligi aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Onda Cero