Mane: “O'yinni boshidan oxirigacha o'z nazoratimizda saqlab turdik”

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017
“Tottenxem”ga qarshi bahsda o'yin qahramoniga aylangan “Liverpul” yarim himoyachisi Sadio Mane o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoamiz uchun bu g'alaba muhim edi. Bizda bir necha hafta qiyin kechdi. Ammo futbolda bunaqasi bo'lib turadi. Biz bir maqsad yo'lida harakatlanishda davom etamiz. Bugun g'alabaga haqli edik. Biz o'yinning boshidan oxirigacha nazoratni o'z qo'limizda saqlab turdik”, deydi afrikalik futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС