"Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 apr 2026, 20:25
Angliya Premer-ligasining 32-turi doirasida "Sanderlend" hamda "Tottenxem Xotspur" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

"Stedium of Layt" stadionida kechgan uchrashuvda "qora mushuklar" 1:0 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yinni Robert Djons boshqarib bordi.

Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Nordi Mukiele tomonidan kiritildi. Londonliklarning hisobni tenglashtirish uchun qilgan harakatlari samara bermadi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Tottenxem Xotspur" 30 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog'onasida, yani xavfli hududda qolmoqda. Shpurlarning elitada jon saqlab qolish masalasi tobora so'roq ostida qolmoqda. "Sanderlend" esa ochkolari sonini 46 taga etkazib, APL jadvalida 10-o'ringa ko'tarilib oldi.

London klubi rahbariyati va muxlislari uchun mavsumning qolgan qismi haqiqiy "omon qolish jangi"ga aylanishi kutilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia