"Manchester Yunayted" xavfsizlik sabab Yaqin Sharqqa bormadi

Alisher
15 yanv 2020, 15:40
MYU qishki tanaffus paytida Yaqin Sharqda yig'in o'tkazmaydi.

Bunga sabab bu hududda ro'y berayotgan siyosiy keskinliklardir. Buni jamoa bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher tasdiqladi.

Oldinroq, AQSH milliy terma jamoasi eronlik general Qosim Sulaymonining o'ldirilishidan so'ng Qatardagi qishki yig'inini bekor qilgan edi.

Sulsherning gapiga ko'ra, klub buning o'rniga Yevropadan joy topmoqchi.

"Men futbolchilarga bir necha kun dam beraman, shunisi aniqki biz Yevropada qolamiz. Meni futboldan tashqari ham ko'proq bezovta qiladigan narsalar bor", - deydi Sulsher.


AlisherMuallif
Manba: manutd.one