

Bu haqda "Daily Telegraph" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 29 yoshli angliyalikni zaxira darvozaboni sifatida safiga qo'shib olmoqchi. Oldinroq "Nyukasl" Erik ten Hag jamoasining zaxira darvozaboni bo'lgan va 2 ta o'yinda qatnashgan Martin Dubravkani "Manchester Yunayted"dan ijaradan qaytarib olgandi.
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas" bilan muzokaralarga kirishishdan umidvor, chunki Batlendning bitimi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Batlend joriy mavsum "Kristal Pelas" tarkibida maydonga tushmadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,5 million evroga baholamoqda.



