"Manchester Yunayted" jazoirlik futbolchini transfer qilmoqchi

Alisher
28 yanv 2020, 14:51
"Lester" hujumchisi Islom Slimani faoliyatini APL grandida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi hozirda ijara asosida "Monako" jamoasida o'ynamoqda.

31 yoshli jazoirlik futbolchining transferiga hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlayotgan "Manchester Yunayted" klubi qiziqmoqda.

Slimaniga bundan tashqari "Tottenxem" va PSJ klublari ham befarq emas.

Futbolchi joriy mavsum "Monako" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport